AsosiyJamiyat

"O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

'"O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Xabarga ko‘ra, 21 fevral kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qator viloyatlarning ayrim tumanlarida sel xavfi e’lon qilingan.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida sel kelishi ehtimoli bor.

Shuningdek, Samarqand viloyati (Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon), Navoiy viloyati (Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana), Jizzax viloyati (Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod) hududlarida ham sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Ogohlantirish Toshkent viloyati (Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari), Namangan viloyati (Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on), Farg‘ona viloyati (So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq) hamda Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaxuduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrini ham qamrab olgan.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va mazkur hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi. Shuningdek, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar