Cristiano Ronaldo Saudiya Arabistonining Al-Nasr jamoasi bosh murabbiyi Jorge Jesusning qaroriga ko‘ra, Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi Arkadag‘ga qarshi javob o‘yini uchun tarkibga kiritilmadi. Bu haqda “Speedline” nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, klub sardori va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi bugungi, 18 fevral kunki uchrashuvda ishtirok etmaydi. Murabbiylar shtabi Ronalduni oldindan tarkibdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, ammo bu qaror sababi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldo avval Saudiya investitsiya jamg‘armasiga qarshi norozilik namoyishlaridan so‘ng bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan, jumladan, “Arkadag”ga qarshi safar uchrashuvini ham. Keyin u tarkibga qaytgach, o‘zining birinchi o‘yinida bitta gol kiritgan.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston klubiga qarshi birinchi o‘yin “Al-Nasr”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Shuningdek, avvalroq Ronaldo yozgi transfer oynasida Al-Hilolga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.






