Toshkent shahrida farzardi hayotini xavf ostiga qo‘ygan ayol ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga olib ketildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa Yangihayot tumanidagi "Yangi Choshtepa" mahallasida sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan ayol voyaga yetmagan farzandini ko‘p qavatli uyning 7-qavati derazasidan chiqarib, usbu holatni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Hozirda ayolning ruhiy holatini aniqlash maqsadida tibbiy muassasaga yuborilgani, bolaga zarar yetmaganligi va u yaqin qarindoshi qaramo‘g‘iga topshirilgani bildirildi.
Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






