O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda mamlakatga kirib kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga ko‘p.
Turistlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keladi:
Qirg‘iziston Respublikasi — 282 798 nafar
Tojikiston — 244 373 nafar
Qozog‘iston — 207 858 nafar
Rossiya — 69 070 nafar
Afg‘oniston — 43 572 nafar
Turkmaniston — 28 150 nafar
Xitoy — 25 666 nafar
Turkiya — 12 740 nafar
Hindiston — 6 095 nafar
Koreya Respublikasi — 3 237 nafar
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatlardan kelgan sayyohlarning ulushi umumiy oqimda yetakchilik qilmoqda.






