AsosiyJamiyat

Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

17 fevral kuni respublika boʻylab ayrim hududlarda yomgʻir, tuman va togʻlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib qoladi.

'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

O‘zgidromet 17 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Ertaga ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi kutilmogda. Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja iliq, kunduzi +15...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, Ustyurtda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi havfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, 13-16 fevalda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor. 13-16-fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ramazon oyida nechta masjidda tarovih o‘qilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:02

    Ramazon oyida nechta masjidda tarovih o‘qilishi ma’lum bo‘ldi

    Jamoat tartibini saqlash maqsadida 20 mingga yaqin Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi.

    'Qo'qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo'ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:48

    Qo'qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

    Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in oqibatida bir fuqaro vafot etdi, yana uch kishi shifoxonaga yotqizildi.

    'Toshkentda xonadon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 01:49

    Toshkentda xonadon yonib ketdi

    Shayxontohur tumanidagi shaxsiy uylardan birida sodir boʻlgan yongʻin qisqa vaqt ichida oʻchirildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.02.2026 17:21

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.02.2026 16:57

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.02.2026 16:08