Hindistonda Nipah virusi bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim holati qayd etildi, deya yozmoqda zamon.uz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli hamshira joriy yil yanvar oyida o‘zi faoliyat yuritgan tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemordan virusni yuqtirgan. Bemor uzoq vaqt ogir ahvolda bo‘lib, komaga tushgan.
Keyinchalik uning ahvoli nisbatan yaxshilanganini qayd etilgan bo‘lsada, uzoq davom etgan ogir kasallik oqibatida immunitet tizimi zaiflashgan. Shundan so‘ng o‘pka infektsiyasi rivojlanishi, sog‘lig‘i keskin yomonlashgan.
Xabarlarga ko‘ra, bemor hushiga kelishga harakat qilgan, biroq keyinchalik yurak faoliyati to‘xtashi natijasida vafot etgan. Shuningdek, ushbu kasallik bilan bog‘liq holda yana ikki nafar tibbiyot xodimida virus aniqlandi, ulardan biri sog‘ayib ketgani ma’lum qilingan.






