AsosiyJamiyat

Dollar kursi yana tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,73 so‘mga tushdi va 12 275,58 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 52,04 so‘mga pasaydi va 14 594,98 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,26 so‘mga ko‘tarildi va 159,09 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 0,59 so‘mga oshdi va 1778,73 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 400 so‘mga oshdi va 2 million 66 ming 900 so‘mni tashkil qildi. 

"TradingView" ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 12 fevral Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitcoin kursi 15 million 944 ming 476 so‘mga oshgan va 833 million 668 ming 900 so‘m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar