AsosiyJamiyat

"Baxtiyor Toshkentiy"ning akasi qilgan jinoyatlaridan afsusda

Shuhrat Qudratullayev IIV eʼlon qilgan “Soʻnggi pushaymon” koʻrsatuvida ishtirok etib, oʻtgan hayoti va qilgan xatolari haqida gapirdi.

'"Baxtiyor Toshkentiy"ning akasi qilgan jinoyatlaridan afsusda'ning rasmi

"Baxti Toshkent" nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev IIV e'lon qilgan "So'nggi pushaymon" ko'rsatuvida ishtirok etib, o'tgan hayoti va qilgan xatolari haqida gapirdi.

1966 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam sudlangan Shuhrat Qudratullayev 2024-yil iyul oyida Jinoyat kodeksining 165-moddasining 3-qismi "a", "v" bandlari bilan aybli deb topilib, 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, JKning 34-moddasiga asosan u o'ta retsidivist deb topilgan. Jazo umumiy tartibli koloniyada o'talmogda.

U ilgari ham 2007–2017-yillarda Jasliqdagi 71-koloniyaida 10 yil jazo muddatini o'tagan. Shu tariqa, u jami 12 yilini jazoni ijro etish muassasalarida o'tkazgan. Ayni paytda 60 yoshga to'layotgan Qudratullayev navbatdagi 10 yil 6 oylik jazoni o'tamoqda.

Intervyuda u "ko'cha hayoti" havas qiladigan yo'l emasligini ta'kidlab, o'tgan umridan pushaymon ekanini bildirgan. "Ko'p narsa yo'qotdik: jigarlarimizni, oilamizni, bolalarimizning yoshligini. Kerakli paytda oilamiz yonida bo'lolmadik", deydi u.

Shuhrat Qudratullayev yoshlarga murojaat qilib, qonun ustuvorligini hurmat qilish, to'g'ri yo'ldan yurish va yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga chaqirdi.

Avvalroq Baxtiyor Qudratullayevning o'g'li Bekzod Zafarov ham "So'nggi pushaymon" ko'rsatuvida qilgan ishlaridan pushaymon ekanini aytgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Sudyalar oliy kengashi raisining axborotini tingladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:12

    Prezident Sudyalar oliy kengashi raisining axborotini tingladi

    12 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining yil yakunlari bo‘yicha axboroti bilan tanishdi.

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.

    11 fevral kuni kechki payt bortida 21 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

    'Ким Чен Ын қизини ворис сифатида эълон қилиши кутілмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:01

    Ким Чен Ын қизини ворис сифатида эълон қилиши кутілмоқда

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir o‘z qizi Kim Ju Eni mamlakat boshqaruviga tayyorlayotgani taxmin qilinmoqda.

    'Jizzaxda 2 gektar yerni qonunga xilof sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:31

    Jizzaxda 2 gektar yerni qonunga xilof sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro qonunga xilof ravishda o‘z qishloq hududidagi tuman hokimligi zahirasida turgan 2 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

    '"O‘zbekneftgaz" uch klubni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:05

    "O‘zbekneftgaz" uch klubni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin

    "O‘zbekneftgaz" AJ O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yuborgani aytilmoqda.