“Dunyo” xabariga ko‘ra, mazkur fuqarolar Shvetsiya hududiga belgilangan tartib-qoidalarni buzgan holda kirib, migratsiya qonunchiligi talablariga rioya etmagan. Shu munosabat bilan ular O‘zbekistonga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, parvez O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi asosida tashkil etilgan. Toshkent aeroportida fuqarolarni Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib olgan.
Vatanga qaytgan fuqarolar ko‘rsatilgan yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakat rahbariyati hamda mutasaddi idoralarga minnatdorlik bildirgan.






