AsosiyJamiyat

Buxoroda 600 ming dollarga yer sotmoqchi bo'lgan tadbirkor ushlandi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida davlat zahirasidagi 290 gektar yer maydonini 600 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan tadbirkor qo‘lga olindi.

'Buxoroda 600 ming dollarga yer sotmoqchi bo'lgan tadbirkor ushlandi'ning rasmi

U oldindan 230 ming dollar va 840 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilishicha, Sirdaryo viloyatida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor Peshku tumani hududidagi oltin va boshqa qimmatbaho metallarga ega yer maydonini mansabdor tanishlari orqali aukcion savdolarida olib berishni va’da qilgan. Evaziga u Shofirkon tumanida yashovchi fuqarodan 600 ming dollar talab qilgan.

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u muqaddam firibgarlik jinoyati uchun bir necha bor sudlanganligi aniqlandi. Gumonlanuvchi 230 ming dollar va 840 million so‘mni olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28-211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kolumbiya Prezidentiga ehtimoliy suiqasd rejasi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:46

    Kolumbiya Prezidentiga ehtimoliy suiqasd rejasi fosh etildi

    Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro unga qarshi suiqasd uyushtirish rejasi aniqlandi, bartaraf etilganini ma'lum qildi.

    '"Yerga butun armiya yo‘l olgan" — Trump Eron bilan muzokaralar haqida gapirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:34

    "Yerga butun armiya yo‘l olgan" — Trump Eron bilan muzokaralar haqida gapirdi

    AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasidagi yadro muzokaralari muvaffaqiyatsiz tugasa, Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborilishi mumkinligini bildirdi.

    'Durov Rossiyada "Telegram"ni cheklash urinishlarini tanqid qildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:01

    Durov Rossiyada "Telegram"ni cheklash urinishlarini tanqid qildi.

    Bunday ssenariy avval Eronda sinab ko‘rilgani va muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta'kidladi.

    'Toshkent aeroportida kuchli chaqmoq sabab reyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:37

    Toshkent aeroportida kuchli chaqmoq sabab reyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirildi.

    Noqulay ob-havo sharoyiti, xusus kuchli chaqmoq tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘nalgan bir nechta samolyotlar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

    'Samarqandda shifokor klinikada kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:33

    Samarqandda shifokor klinikada kaltaklandi

    Samarqand shahrida xususiy klinikada ishlayotgan shifokor bemor yaqinlaridan biri tomonidan urib, tan jarohati oldi.

    'Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:27

    Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

    “O‘zgidromet” 11 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.