AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida kuchli chaqmoq sabab reyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirildi.

Noqulay ob-havo sharoyiti, xusus kuchli chaqmoq tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘nalgan bir nechta samolyotlar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

'Toshkent aeroportida kuchli chaqmoq sabab reyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirildi.'ning rasmi

Uzbekistan Airports axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Male—Toshkent yo‘nalishidagi HY3526 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan. Shuningdek, Ostona—Toshkent yo‘nalishidagi HY722 reysi ham Samarqand aeroportiga yo‘naltirilgan.

China Southern Airlinesning Pekin—Toshkent yo‘nalishidagi CSN6027 reysi esa Bishkekdagi muqobil aerodromga qo‘nish uchun yo‘l olgan.

Avvalroq "O‘zgidromet" 10—13 fevral kunlari mamlakat hududiga nam havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirgandi. Prognozlarga ko‘ra, hududlarning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimoliy viloyatlarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar