AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.

Томонлар стратегик шерикликни мустаҳкамлаш ва йирик лойиҳаларни амалга ошириш масалаларини муҳокама қилди.

'Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sodiq Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar tovar ayirboshlash sur’ati barqaror ekani, sanoat kooperatsiyasi loyihalari izchil amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuningdek, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li hamda Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalari bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom etayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, yaqin istiqboldagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar