AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Korruptsiyani qabul qilish indeksida 124-oʻrinni egalladi

“Transparency International”ning 2025 yilgi reytingida Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan uch pogʻona pastladi.

'Oʻzbekiston Korruptsiyani qabul qilish indeksida 124-oʻrinni egalladi'ning rasmi

“Transparency International” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Korruptsiyani qabul qilish indeksining 2025 yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 182 ta davlat orasida 124-o‘rinni egalladi. Mamakat 100 ballik tizimda 31 ball to‘pladi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan bir ballga kam.

Hisobotda qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha korruptsiya darajasi o‘sishda davom etmoqda. 2025 yilda o‘rtacha jahon ko‘rsatkichi 42 ballni tashkil etib, so‘nggi o‘n yildan ortiq davrdagi eng past natija sifatida qayd etilgan. Reytingda Daniya 89 ball bilan yetakchilikni saqlab qolgan, undan keyingi o‘rinlarni Finlandiya va Singapur egallagan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 96-o‘rin, Qirg‘iziston 142-o‘rin, Tojikiston 166-o‘rin, Turkmaniston 167-o‘rin va Afg‘oniston 169-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston esa 2023–2024 yillarda ushbu reytingda 121-o‘rinni egallagan edi.

    Boshqa yangiliklar