Andijonda 17 yoshli o‘smir qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 fevral kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan avvalroq o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichoqi bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi habarda.






