AsosiyJamiyat

Aholini roʻyxatga olishning ikkinchi bosqichida sertifikat berilmaydi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida qatnashgan fuqarolarga sertifikat berilmaydi. Chunki…

'Aholini roʻyxatga olishning ikkinchi bosqichida sertifikat berilmaydi'ning rasmi

Ta'kidlanishicha, sertifikat Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan mazkur ro‘yxatga olish tadbirida aholining onlayn tarzda, mustaqil ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan edi.

Ro‘yxatga olishning onlayn bosqichida fuqarolar savolnomani internet orqali o‘zlari to‘ldirgan va tizim avtomatik ravishda ishtirok etganlikni tasdiqlovchi sertifikatni shakllantirgan. Ikkinchi, ya'ni oflayn bosqichda esa savolnoma fuqaroning o‘zi tomonidan emas, balki ro‘yxatga oluvchi xodim tomonidan planshet qurilmasi orqali to‘ldiriladi. Ushbu jarayon internetsiz yoki cheklangan internet sharoitida amalga oshirilgani sababli tizim sertifikatni avtomatik shakllantirish imkoniyatiga ega emas.

Shuningdek, onlayn bosqichda savolnomani to‘ldirish jarayoni OneID orqali davlat idoralarining axborot bazalari bilan integratsiya qilingan holda amalga oshirilgani tufayli fuqarolarning ayrim shaxsiy ma'lumotlari avtomatik tarzda aks etgan. Oflayn bosqichda esa davlat axborot bazalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish mavjud emas. Shu bois barcha ma'lumotlar fuqaroning bergan javoblari asosida qo‘lda kiritiladi.

Qayd etilishicha, usbu tartib ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash hamda ularni to‘g‘ri va ishonchli yig‘ish maqsadida joriy etilgan. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etib, uning samarasi, avvalo, aholi tomonidan taqdim etilayotgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligiga bog‘liq.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda mansabdor fuqarodan pora olayotganda qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:37

    Buxoroda mansabdor fuqarodan pora olayotganda qo‘lga tushdi

    Ushbu matnni lotin yozuvidagi o‘zbek tiliga tarjima qil. Izohlar, tushuntirishlar yoki HTML qavati qo‘shilmasin. tuzilmasi o‘zgarmasin. U Shofirkon tumanida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tuman jamiyati raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

    'Ayollarni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo'lgan guruh aeroportda qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:44

    Ayollarni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo'lgan guruh aeroportda qo'lga tushdi

    Ular Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan bo'lgan ijtimoiy sharoyati og'ir ikki ayolni xorijga sotib yubormoqchi bo'lgan.

    'Angrenadagi to‘rt qavatli binoda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:17

    Angrenadagi to‘rt qavatli binoda yong‘in chiqdi

    Ҳодиса оқибатида 1 киши ҳалок бўлган.

    'AQShda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTH oqibatida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:26

    AQShda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTH oqibatida vafot etdi

    OAВ хабарларига кўра, қиз йўлдан ўтаётганда мактаб автобуси уни уриб юборган.

    'Bugun havo harorati 12 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:22

    Bugun havo harorati 12 darajagacha ko‘tariladi

    8 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.