AsosiyJamiyat

Abdulla Avloniyning nabirasi AQShdan qaytib, Oʻzbekistonda dars bermoqda

"Olgan bilimim va to‘plagan tajribalarim bilan bo‘lishish istagida yana ona yurtimga qaytdim", - deydi Jamshid Avloniy.

'Abdulla Avloniyning nabirasi AQShdan qaytib, Oʻzbekistonda dars bermoqda'ning rasmi

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan va ma’rifat rivojiga xizmat qilayotgan tashabbuslar keng ko‘lamda amalga oshirilmogda. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmogda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qilmogda.

Ana shunday tashabbuslarning natijasi sifat ulug‘ jadid va buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning nabirasi — professor Jamshid Avloniyning o‘z ilmiy va amaliy faoliyatini aynan O‘zbekistonda davom ettirish qarori yorqin dalildir.

Professor Jamshid Avloniy polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi bo‘yicha yetuk olim bo‘lib, 2015 yildan buyon AQShdagi ConTex LLC kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelmogda edi.

U 2018 yilda davlatimiz rahbarining ilm-fanga oid da’vatlariga javoban yurtimizga qaytib, o‘z bilim va tajribasini vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashni maqsad qilgan. E’tiborlisi, olim o‘z faoliyatini davom ettirish uchun Olmaliq davlat texnika institutini tanladi.

U institut magistrlari va talabalari uchun sanoatdagi innovatsiyalar yo‘nalishida ta’lim berishidan hamda zamonaviy laboratoriyalarda yoshlar bilan birgalikda ishlashidan mamnun ekanligini bildirdi.

Kimyo sohasidagi yirik ilmiy ishlari bilan tanilgan Jamshid Avloniy Nobel mukofoti sovrindori Alan Makdiarmid bilan birgalikda ko‘plab ixtirolar ustida ishlagan.

Uning O‘zbekistondagi faoliyati vatanimiz yoshlari uchun katta ilhom va yangi imkoniyatlar manbai bo‘lishi shubhasiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda ijara olingan xonadonda “hujra” tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:53

    Samarqandda ijara olingan xonadonda “hujra” tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi

    Ushbu fuqaro "hujra"da noqonuniy diniy ta'lim berib kelganligi aniqlandi.

    'Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:07

    Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi

    7 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 16:37

    Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi

    Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

    '2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 14:47

    2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади

    Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hay’ati qaroriga ko‘ra, 2026 yilda muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuni nishonlanishi kutilmog‘da.

    'Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 13:55

    Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov nomidan sportchilar va sport hamjamiyati vakillariga soxta xabarlar yuborilayotgani maʼlum qilindi.