AsosiyBu qiziq

Qirg‘izistonda eri xotinini yoqib yuborishga urinishda gumonlanib qo‘lga olindi

5 fevral kuni 27 yoshli ayol politsiyaga murojaat qilib, 2025 yil 15 oktyabr kuni turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq og‘ir zo‘ravonlik holati sodir bo‘lganini bildirgan.

'Qirg‘izistonda eri xotinini yoqib yuborishga urinishda gumonlanib qo‘lga olindi'ning rasmi

Qirg‘izistonning Talas viloyatida erkak xotiniga benzin sepib, uni yoqib yuborishga urinishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston viloyat politsiya boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 fevral kuni 27 yoshli ayol politsiyaga murojaat qilib, 2025 yil 15 oktyabr kuni turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq og‘ir zo‘ravonlik holati sodir bo‘lganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak sababsiz janjal ko‘tarib, uni uydan haydab chiqargan va keyin benzin sepib, yoqib yuborishga harakat qilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha yil oktyabr oyida ichki ishlar organlariga turarjoyda yong‘in chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan. Hodisa yong‘inlar jurnaliga qayd etilgan, guvohlar so‘roq qilingan. Dastlab yong‘in pechkani yoqish vaqtida benzin ishlatilgani sabab kelib chiqqan, deb baholangan. Oqibatda er-xotin ikkalasi ham kuyish jarohati olib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Ularning ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun o‘sha paytda so‘roq o‘tkazish imkoni bo‘lmagan.

Ayolning aytishicha, hodisadan keyin u uzoq vaqt qarindoshlariga ham, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ham murojaat qilmagan.

Takroriy arizadan so‘ng Jinoyat kodeksining 130-moddasi (og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 11:22

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiyomatini belgiladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Pokistonda faxriy doktor va professor bo‘ldi.'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:18

    Shavkat Mirziyoyev Pokistonda faxriy doktor va professor bo‘ldi.

    Ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berilgan.

    'Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:07

    Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

    “O‘zgidromet” 6 fevral kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilindi.

    'Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди'ning rasmi

    Bu qiziq 05.02.2026 10:16

    Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди

    Toshkentda barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Smithsonian Magazine — AQShdagi Smitson institutining rasmiy nashri talqiniga koʻra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutlangan 10 ta muzeydan biri sifatida eʼtirof etildi.

    'Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 05.02.2026 04:56

    Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi

    3 fevral kuni kechqurun bitkoin kursi 2024 yil noyabridan beri ilk bor keskin pasayishni qayd etdi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 10:10