Trumpning ta'kidlashicha, prezidentlikdagi birinchi muddati davomida AQSH Qurolli kuchlari toʻliq qayta shakllantirilgan, armiya modernizatsiya qilingan yadro qurollari bilan ta'minlangan va Kosmik kuchlar tashkil etilgan. U Pokiston va Hindiston, Eron va Isroil, shuningdek Rossiya va Ukraina o'rtasida yadro toʻqnashuvlari oldi olinganini bildirgan.
Shu bilan birga, Trump "Yangi START" shartnomasini uzaytirish o'rniga, yadro masalalari bo'yicha yangi va modernizatsiya qilingan kelishuv ishlab chiqish zarurligini qayd etgan.
Qayd etilishicha, Ukraina yadro quroli mavjud emas. Kiyev 1990-yillar boshida yadro qurolsizlanish bo'yicha hujjatlarni imzolagan va Yadro qurollarini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomaga qo'shilgan. Bu jarayon doirasida Budapesht memorandumi qabul qilinib, Ukraina hududidagi yadro qurollari Rossiyaga topshirilgan yoki yo'q qilingan.
BMT Bosh kotibi António Guterres yadro qurol qo'llanishi havfi so'nggi o'n yilliklarda eng yuqori darajaga etganini aytgan. AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens esa Vashington Rossiya, Xitoy yoki boshqa davlatlar bilan yadro qurollari sonini qisqartirish bo'yicha hamkorlikka tayyor ekanini ma'lum qilgan.






