APA agentligi xabariga ko‘ra, Arutyunyan 2020 yildan 2023 yil avgust oyining oxirigacha tog‘li Qorabog‘ Respublikasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon rasmiylari uni tajovuzkor urushga tayyorgarlik ko‘rish va uni olib borish, genotsid, urush qonunlari va urf-odatlarini buzish, terrorizm hamda terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, hokimiyatni zo‘rilik bilan egalab olish va saqlab qolish kabi qator og‘ir jinoyatlarda ayblagan.
Sud jarayoni doirasida mazkur ish bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar ham shunga o‘xshash ayblovlar bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ular orasida tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq mudofaa vaziri Levon Mnatsakanyan, parlamentning sobiq spikeri David Ishxanyan, Qorabog‘dagi Armaniston kuchlari qo‘mondonining sobiq o‘rinbosari David Manukyan hamda tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari David Babayan bor.
Qayd etilishicha, sudlangan shaxslar 2023 yil oxirida Ozarbayjon tomonidan Qorabog‘da o‘tkazilgan harbiy operatsiyadan so‘ng hibsga olingan. Ushbu operatsiya natijasida bahsli hudud to‘liq Boku nazoratiga o‘tgan.
Shuningdek, tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyanga ham umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligi aytilmogda. Sudlanuvchilarning hech biri o‘z aybini tan olmagan.






