Ma'lum qilinishicha, mazkur hujjat tomonlar o'rtasida ta'minot barqarorligini ta'minlash, zamonaviy texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda investitsion aloqalarni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

Memorandum doirasida foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash va yuqori qo'shilgan qiyamatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqilishi belgilangan.






