Trumpning ta'kidlashicha, davlat ishlari juda ko'p bo'lgani sabab hujjatlarni o'rganishga vaqti yetishmayapti.
“Menda juda ko‘p vazifalar bor. Men doim ish bilan bandman”, — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarning savollariga javoban.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda asosiy e‘tiborni mamlakatni boshqarish, shuningdek, jamoatchilikni amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilishga qaratgan.
Shu bilan birga, Trump jamiyatda Jeffrey Epstein shaxsiga bo‘lgan qiziqishning keskin ortganidan hayratda ekanini bildirgan. Uning fikricha, moliyachi tirikligida keng jamoatchilik e‘tiborida bo‘lmagan, ammo vafotidan so‘ng unga nisbatan qiziqish sezilarli darajada oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni AQSh Adliya vazirligi bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va zo‘ravonlikda ayblangan Jeffrey Epstein ishi bo‘yicha 3 milliondan ortiq hujjatni maxfiylikdan chiqargan edi.
Ushbu materiallarda Donald Trump va uning rafiqasi Melania Trumpning ismlari ham tilga olingan. Shuningdek, arxivda Epsteinning sobiq yordamchisi bergan ko‘rsatmalar ham mavjud.






