Suhbatda Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishini ta’kidlab, bu yil "Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma" imzolanganiga 25 yil to‘lishini esladi.
U ikki mamlakatning suverenitet, xavfsizlik va mustaqil rivojlanish yo‘lida hamkorlik qilishini alohida qayd etdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yil davomida 200 milliard dollardan oshgan, Rossiya esa Xitoy uchun asosiy energiya yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, tashqi siyosiy hamkorlik global miqyosdagi holatda muhim ahamiyatga ega.






