2026 yil 1 apreldan e’tiboran mamlakatta elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, benzin va metan uchun to‘lovlar, shuningdek, elektromobillarni quvvatlantirish xizmatlari faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ushbu xizmatlar uchun naqd pul qabul qilinmaydi.
Qaror to‘lov tizimlarini raqamlashtirish va soya iqtisodiyotini qisqartirish maqsadida joriy etilayotgani qayd etilmogda.






