AsosiyDunyo

Трамп Обамани 2016 йилги сайловлар вақтида “давлат тўнтаришига уриниш”да айблади

AQSh Prezidenti Donald Trump Oq uyning sobiq rahbari Barak Obama 2016-yilgi prezidentlik saylovlari jarayonida soxta ma'lumotlar tayyorlash va saylov natijalariga bo'lgan ishonchni izdan chiqarishga urinishini da'vo qildi.

'Трамп Обамани 2016 йилги сайловлар вақтида “давлат тўнтаришига уриниш”да айблади'ning rasmi

Donald Trump mazkur bayonotni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard "Rus ishi" deb ataluvchi masalaga oid yuzlab hujjatlarni oshkor qilgan. Trump ushbu materiallar Barack Obama Markaziy razvedka boshqarmasi (SIA) xodimlariga unga qarshi soxta ma’lumotlar tayyorlash bo‘yicha shaxsan ko‘rsatma berganini tasdiqlashini iddao qilmoqda.

Trumpning ta’kidlashicha, bu harakatlar amerikaliklarning saylov tizimi va 2016-yilgi saylovlar natijalariga bo‘lgan ishonchini susaytirish maqsadida amalga oshirilgan. U, shuningdek, sobiq prezidentni hibsga olish ehtimolini ham tilga olgan.

Mazkur bayonotlar AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) tomonidan Jorjiya shtatining Fulton okrugidagi saylov idorasida o‘tkazilgan tintuv fonida yangradi. Tintuv davomida 2020-yilgi saylovlarga oid hujjatlar musodara qilingani ma’lum qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, tadbirlarda amaldagi ma’muriyat vakillari, jumladan, Tulsi Gabbard hamda FBI direktori o‘rinbosari Andrew Bailey ishtirok etgan.

Hozircha Barack Obama yoki uning vakillari tomonidan rasmiy izoh berilmadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 01.02.2026 16:07

    ''ning rasmi

    Dunyo 01.02.2026 14:57

    'AQShda immigratsiya qonunlariga qarshi norozilik namoyishi boʻlmoqda'ning rasmi

    Dunyo 01.02.2026 05:13

    'Venesuelada siyosiy mahbuslarga umumiy amnitsiya eʼlon qilindi'ning rasmi

    Dunyo 31.01.2026 13:12

    Venesuelada siyosiy mahbuslarga umumiy amnitsiya eʼlon qilindi

    Delsi Rodriges siyosiy mahbuslarga nisbatan amnitsiya qonunini Milliy Assambleyaga taqdim etishni va El Helikoid qamoqxonasini yopishni e'lon qildi.

    '“Уйда ёлғиз” фильмида она образини яратган актриса Кэтрин О’Хара вафот этди'ning rasmi

    Dunyo 31.01.2026 05:24

    “Уйда ёлғиз” фильмида она образини яратган актриса Кэтрин О’Хара вафот этди

    Ma'lum qilinishicha, aktrisa 30 yanvar kuni Los-Anjelesdagi uyida qisqa davom etgan kasallikdan so'ng vafot etgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 29.01.2026 15:34