AsosiyJamiyat

Chegarani buzib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar musodara qilindi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi noqonuniy dori vositalari olib kirilishining oldi olindi.

'Chegarani buzib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar musodara qilindi'ning rasmi

DXX Chegara qo‘shinlari va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “o‘zbek–qirg‘iz” davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxs uslandi. U Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan bo‘lib, Uchko‘prik tumanida yashashi aniqlandi.

Tekshiruv jarayonida gumonlanuvchi yonidan umumiy qiymati 1 milliard 320 million so‘mlik 9 542 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi. Mazkur dori tarkibidagi “pregabalin” moddasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga asosan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatgan talabalar ushlanib olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:41

    Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatgan talabalar ushlanib olindi.

    Toshkentdagi oliy ta’lim muassasasi talabasi Telegram orqali taqiqlangan diniy kontent tarqatgani uchun qo‘lga olindi.

    '"Aviator" savdo majmuasidagi yong'in yuzasidan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:22

    "Aviator" savdo majmuasidagi yong'in yuzasidan jinoyat ishi ochildi

    Yodingizda bo'lsa kerak, 31 yanvar kuni Yashnobod tumanidagi "Aviator" savdo majmuasida yong'in yuz bergan edi.

    'Metan zapravkalari qayta ish boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:17

    Metan zapravkalari qayta ish boshlandi

    2 fevraldan boshlab respublika bo‘ylab metan zapravkalari belgilangan vaqt oralig‘ida faoliyat yuritadi.

    'Turkiyada avtobus ag'darilishi oqibatida 8 kishi halok bo'ldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:03

    Turkiyada avtobus ag'darilishi oqibatida 8 kishi halok bo'ldi.

    Turkiyaning Antaliya shahrida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 kishi vafot etdi, yana 26 nafar yo‘lovchi jarohat oldi.

    'Aholini roʻyxatga olishda majburiy ishga jalb qilish holatlari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 01.02.2026 12:43

    Aholini roʻyxatga olishda majburiy ishga jalb qilish holatlari aniqlandi

    4 ta hokimlikka ogohlantirish xati, yana bir hokimlikka taqdimnoma kiritilgan.

    'Rossiyada qarovsiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.02.2026 11:27