AsosiyJamiyat

Bugun ba'zi hududlarda yomg'ir yog'adi

1 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun ba'zi hududlarda yomg'ir yog'adi'ning rasmi

O‘zgidrometning bergan xabariga ko‘ra, 1 fevral kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arb tomondan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi ayrim hududlarda 3° sovuqdan 7° iliqqacha, kunduzi esa 4–18° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar