AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda 2025 yilda oʻlim koʻrsatkichi toʻrt baravaridan koʻproq oʻsdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlar soni yil boshiga nisbatan chorakdan-chorakka o‘sib, yil oxirida 177,1 ming kishini tashkil etdi.

'Oʻzbekistonda 2025 yilda oʻlim koʻrsatkichi toʻrt baravaridan koʻproq oʻsdi'ning rasmi

2025 yilda vafot etganlarning 55,1 foizi erkaklar (97,5 ming), 45,9 foizi ayollar (81,4 ming) bo‘ldi. O‘tgan yili har chorakda vafot etganlar soni izchil ravishda ko‘paydi: I chorakda 41,4 ming kishi vafot etgan bo‘lsa, IV chorakda bu ko‘rsatkich 177,1 mingga yetdi.

O‘limning asosiy sabablari qon aylanish tizimi kasalliklari (24,8 mingdan 104,5 minggacha), o‘sma kasalliklar (15 999 nafar), nafas olish a’zolari kasalliklari (23 014 nafar), ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari (18 071 nafar) hamda yuqumli va parazitar kasalliklar (3 852 nafar)dan kelib chiqdi.

    Boshqa yangiliklar