AsosiyJamiyat

Turkiyada “O‘zbekiston” turarjoy majmuasi ochildi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdoʻgʻon Hatoy viloyatida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan turarjoy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

'Turkiyada “O‘zbekiston” turarjoy majmuasi ochildi'ning rasmi

29 fevral kuni Anqaraga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Hatay viloyatining Arsuz tumanida qurilgan “O‘zbekiston” turarjoy majmuasini ochib berdi, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, zilziladan jabr ko‘rgan aholi uchun mo‘ljallangan ushbu majmua 24 ta ko‘p qavatli uy va 300 dan ortiq to‘liq jihozlangan xonadondan iborat. Loyiha barcha zarur infratuzilmani o‘z ichiga olgan.

Marosimda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Turkiyani og‘ir sinovli kunlarda yolg‘iz qoldirmaganini ta’kidlab, qutqaruv va tibbiy yordam jarayonlarida faol ishtirok etilganini qayd etdi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa mazkur majmua o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikning yorqin ramzi ekanini ta’kidladi. Davlat rahbarlari yangi uylarning kalitlarini egalariga tantanali ravishda topshirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yil boshidan beri qancha YTH sodir bo‘lgani ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    Yil boshidan beri qancha YTH sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

    Hodisalarning 31 foizi inson o‘limi bilan yakunlanganini IIV ma’lum qildi.

    'Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:07

    Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin

    Jarimaning 50 foizini bir oy ichida to‘lagan tadbirkor qolgan qismidan ozod etilishi taklif qilindi.

    'Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:34

    Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi

    O‘tkir tig‘li jismlar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:11

    'Turkiya: Isroil bizni yangi dushman sifatida koʻrmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Turkiya: Isroil bizni yangi dushman sifatida koʻrmoqda

    Ho‘kon Fidan Netanyaxu Turkiyani nishonga olishga urinayotganini ma’lum qildi.