AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi

Osiyo Olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo qitʼasida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi.

'Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi'ning rasmi

Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasida ishtirok etdi hamda Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti etib saylangan Shayx Javon bin Hamad Ol Sonyiga Milliy Olimpiya qo‘mitasining "Shon-sharaf" ordenini topshirdi.

Osiyo Olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo qit’asida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi. Hozirda tashkilotga 45 ta mamlakatning milliy olimpiya qo‘mitalari a’zo hisoblanadi. Mazkur Bosh Assambleya doirasida Osiyo olimpiya harakatining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi hamda kengash prezidentligi lavozimiga Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Javon bin Hamad Ol Sonyi saylandi.

Tadbirda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya kengashi, WADA, xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari hamda boshqa nufuzli sport tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

    Hozirda hodisa sabablari aniqdanmoqda.

    'Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:39

    Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

    Surxondaryo viloyatida Telegramda “Alfa” nomli guruh ochib, o‘zlarini shu nom bilan atagan jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

    'Toshkentda narkosavdogar va uning sherigi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:54

    Toshkentda narkosavdogar va uning sherigi qo‘lga olindi

    Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda OOK prezidenti saylandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:12

    Toshkentda OOK prezidenti saylandi

    Hozir poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayk Javvon bin Hamad Ol Sony Osiyo Olimpiya kengashi raisi etib saylandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:59

    Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi

    Hodisa ortidan jarohatlanganlar bor.