AsosiyJamiyat

Farg‘onada Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Mansabdor bu pul evaziga 5 gektar yerni tadbirkorga uy-joy qurish uchun toifasini o‘zgartirib berishi kerak edi.

'Farg‘onada Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan shaxs mahalliy tadbirkorga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytadi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, 2020 yilda boshqa bir fuqaroga kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida issiqxona tashkil etishi uchun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismini toifasini o‘zgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming AQSh dollari talab qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan – Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ushbu 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. 

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. 

Tergov harakatlari olib borilmog‘da, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda koʻp qavatli uylarning eshigini ochmoqchi boʻlgan erkak qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:50

    Toshkentda koʻp qavatli uylarning eshigini ochmoqchi boʻlgan erkak qamaldi

    Yunusobod tuman sudining qaroriga ko‘ra, erkak 10 sutkaga qamaldi.

    'Bugun ba'zi joylarda yomg'ir aralash qor yog'adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:12

    Bugun ba'zi joylarda yomg'ir aralash qor yog'adi

    24 yanvar kungi ob-havo prognozi e'lon qilindi.

    'Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni qoʻlga kiritdi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 17:25

    Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni qoʻlga kiritdi

    Reytingda O‘zbekistonning muhim ustunliklaridan biri safarbarlik salohiyati sifatida ko‘rsatilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 16:03

    'DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 15:28

    DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi

    Respublikaning 6 hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik va psixotrop dori savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan tortib, xonadonida qimorxona tashkil qilgan “biznesmen” ham qo‘lga olindi.

    'Dubayda oʻzbekistonliklar oʻlimga hukm qilinishi rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.01.2026 14:44

    Dubayda oʻzbekistonliklar oʻlimga hukm qilinishi rad etildi

    ТИВ darakchi.uz’нинг сўровига жавоб берди.