AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyo davlatlariga “tosh otgan” Solovyev ishdan bo‘shatildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik propagandist tahlikali bayonotidan keyin ishdan olingani aytilmoqda.

'Markaziy Osiyo davlatlariga “tosh otgan” Solovyev ishdan bo‘shatildimi?'ning rasmi

Rossiyalik propagandist Vladimir Solovyov Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan tahlikali bayonotidan keyin ishdan olindi, deya xabar bermoqda “Strategic Focus: LIVE”. 

Undа qayd etilishicha, “Rossiya-1” telekanali efir jadvalida Vladimir Solovyov olib boradigan “Vecher s Vladimirom Solovyovim” dasturi vaqtincha serial bilan almashtirilgan.

Shu bilan birga, ilgari Solovyov ishtirok etgan “Komsomolskaya pravda” radiosidagi tonggi efirlar ham endilikda boshqa jurnalistlar ishtirokida olib borilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar ortidan bir qator Rossiya ommaviy axborot vositalari Solovyovning ehtimoliy iste’fosi haqida xabar tarqatdi.

“Solovyovning ishdan olish to‘g‘risida Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov topshiriq bergan”, — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar