Ma’lum qilinishicha, 9 mart kuni Shota Rustaveli ko‘chasida 36 yoshli erkak o‘zining 57 yoshli tanishi bilan janjallashib qolgan.
Mojaro davomida u jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasdan mensimasdan jamoat tartibini buzib, tanishini kaltaklagan.
Hodisa oqibatida jabralanuvchi tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






