AsosiyBu qiziq

Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi

Mamlakatda diniy adabiyot saqlash og‘ir jinoyat sifatida baholanadi.

'Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi'ning rasmi

Shimoliy Koreyada bir oila faqat Injil saqlagani uchun hibsga olingan. Eng e'tiborlisi, oilaning ikki yoshli farzandi ham ota-onasi bilan birga umrbod qamoq jazosiga hukm qilinib, siyosiy mehnat lageriga yuborilgani aytilmoqda.

Hisobotlarda qayd etilishicha, mamlakatda xristianlikka oid adabiyot saqlash, ibodat qilish yoki diniy marosimlarda qatnashish davlatga qarshi jinoyat sifatida baholanadi. Bunday cheklovlar esa amaldagi rahbariyat siyosati bilan bog'liq ekani ta'kidlanadi.

Avvalroq mamlakatni Kim Chen In boshqarayotgan tuzumda din masalasi qat'iy nazorat ostida ekani haqida xalqaro tashkilotlar ham bir necha bor ma'lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar