23 fevral — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram vaqtida rossiyalik erkak noxush holatga duch keldi. U ehtiyotsizlik oqibatida shifoxonaga yotqizilgan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, Dmitriy ismli fuqaro do‘sti bilan bayramni nishonlayotgan bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, ziyofat davomida turli “tanlovlar” o‘tkazilgan va shulardan biri vaqtida u sirpanib ketib, shisha stakan ustiga yiqilgan. Oqibatda idish tanasiga kirib ketgan.
U va yaqinlari muammoni mustaqil hal etishga uringan, biroq buning imkoni bo‘lmagach, tez yordam chaqirilgan. Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemor uyiga javob berilgan.
Mutaxassislar bunday holatlarda o‘zbilarmonlik qilmasdan, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligini eslatib o‘tgan.






