Donald Trumpga tegishli kompaniya Avstraliyaning Gold Kost hududida balandligi 335 metr bo‘lgan Trump "International Hotel", "Tower" qurilishini e’lon qildi. Erik Trumpga ko‘ra, bu kompaniyaning mamlakatdagi ilk rasmiy loyihasi bo‘ladi.
Minora balandligi Londondagi "The Shard" binosidan ham oshadi. 91 qavatli inshootda 285 ta mehmonxona xonasi va 272 ta hashamatli kvartira, shuningdek, restoranlar, do‘konlar va plyaj klubi joylashadi.
Loyiha investori sifatida "Altus Property Group" ishtirok etmoqda, qurilish 2026 yil avgustda boshlanishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda loyiha manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa yirik osmono‘par binolar bilan raqobat sabab jamoatchilikda muhokamalarga sabab bo‘lmogda.






