AsosiyJamiyat

Suriya qamoqxonasidan mingdan ortiq IShID aʼzolari qochib ketdi

Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Ash-Shaddada shahrida IShID terroristik guruhiga mansub yuzlab mahbuslar qamoqxonadan qochib ketdi.

'Suriya qamoqxonasidan mingdan ortiq IShID aʼzolari qochib ketdi'ning rasmi

Suriyaning Ash-Shaddada shahrida joylashgan qamoqxonadan “Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) terroristik guruhiga mansub taxminan 1,5 ming nafar aʼzo qochib ketgan. Bu haqda Rudaw nashri xabar berdi.

Nashr maʼlumotiga koʻra, mahbuslar Suriya hukumatiga bogʻliq tuzilmalar tomonidan ozod qilingan boʻlishi mumkin. Manba qochgan shaxslar turli qurolli guruhlarga qoʻshilib ketganini taʼkidlagan.

Suriya Ichki ishlar vazirligi voqeani tasdiqlar ekan, rasmiy maʼlumotlarga koʻra, qamoqxonadan taxminan 120 nafar mahbus qochib ketganini bildirgan. Mudofaa vazirligi esa mahbuslarni ozod qilishda Suriya Demokratik kuchlarini (SDK) ayblab, guruh rahbariyatini bunday oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻylamasdan qilingan harakatlardan ogohlantirgan.

Reuters agentligining xabar berishicha, voqeadan soʻng Suriya Mudofaa vazirligi Ash-Shaddada shahriga armiya va maxsus boʻlinmalar kiritilganini maʼlum qilgan. Rasmiylarga koʻra, xavfsizlik kuchlari 81 nafar shaxsni qoʻlga olgan, qolgan mahbuslarni qidirib topish va hibsga olish boʻyicha operatsiyalar davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fargʻonada haydovchi oʻz boʻshimchaligi oqibatida YTH sodir boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    '"O'zgidromet" fond ko'chishi xavfi bo'yicha tezkor ogohlantirish e'lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:44

    "O'zgidromet" fond ko'chishi xavfi bo'yicha tezkor ogohlantirish e'lon qildi

    Respublika togʻli hududlarida yogʻingarchilik va harorat oʻzgarishi sabab qor koʻchishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

    'Trumpga berilgan FIFA tinchlik mukofoti noroziliklarga sabab boʻlmogʻda.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:39

    Trumpga berilgan FIFA tinchlik mukofoti noroziliklarga sabab boʻlmogʻda.

    Xalqaro futbol federatsiyasi ichida AQSh prezidenti Donald Trumpga tinchlik mukofoti topshirilgani ortidan jiddiy eʼtirozlar paydo boʻldi.

    'Parkentda 6-sinf o‘quvchisi arab tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:27

    Parkentda 6-sinf o‘quvchisi arab tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

    Toshkent viloyati Parkent tumanidagi maktab o‘quvchisi arab tilidan yuqori darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:43

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini tabrikladi

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nufuzli xalqaro mukofot sovrindorlariga o‘z tabrigi va munosabatini bildirdi.

    'Ispaniyada temir yoʻl halokati ortidan uch kunlik motam eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:08

    Ispaniyada temir yoʻl halokati ortidan uch kunlik motam eʼlon qilindi

    Andalusiyada sodir bo‘lgan poezd halokati sabab Ispaniya bo‘ylab uch kunlik rasmiy motam o‘tkaziladi.