AQSh Davlat departamenti 75 ta mamlakat fuqarolariga nisbatan visa berish jarayonlarini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur cheklovlar joriy etiladigan davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritilgan.
Qayd etilishicha, cheklov davlat byudjetiga yuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan arizachilar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish maqsadida joriy etilmogda. Ro‘yxatga Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Eron, Pokiston, Turkiya emas, balki qator Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari ham kiritilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, visa arizalarini ko‘rib chiqish 21 yanvardan boshlab to‘xtatiladi. Davlat departamenti visa berish tartibini qayta ko‘rib chiqayotgani sababli ushbu tanaffus “noaniq muddatga” davom etishi aytilmogda.
Rasmiylar cheklov doimiy emasligini, qarorlar ichki tekshiruvlar va yangi talablar asosida qayta ko‘rib chiqilishini bildirgan.






