AsosiyJamiyat

Итни сўйиб еган янгийўлликлар 10 суткага қамалди

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida fuqarolarning itni boqib, so‘yib yegani bilan bog‘liq holat sudda ko‘rib chiqildi.

'Итни сўйиб еган янгийўлликлар 10 суткага қамалди'ning rasmi

Aybdor deb topilgan shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqarolar tomonidan itni so‘yib iste’mol qilish holati yuzasidan sud qarori chiqarildi. Joriy yilning 12 yanvar kuni ish Yangiyo‘l tumani jinoyat sudida ko‘rib chiqilgan.

“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati ma’lum qilishicha, Ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarlarning shaxsi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, voqeada Yangiyo‘l shahrida yashovchi to‘rt nafar fuqaro ishtirok etgan: ulardan biri itni ushlab turgan, ikkinchisi so‘ygan, uchinchisi esa uning terisini shilib olgan. To‘rtinchi fuqaro it go‘shtini bo‘laklarga ajratib, tayyorlangan kabobni boshqalar bilan birga iste’mol qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, uch nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi — hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha aybdor deb topilib, 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan. To‘rtinchi shaxs esa jazoga tortilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    AQSh Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi

    AQSH Davlat departamenti davlat byudjetiga yuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan arizachilarga qarshi choralar doirasida qator mamlakatlar fuqarolari uchun viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi.

    'Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya tejash, binolarni modernizatsiya qilish va elekt energiyasi sohasida bozor mekanizmlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

    'Oʻzbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:50

    Oʻzbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi.

    Haydovchi yoki yoʻlovchilarga tibbiy maʼlumotnoma asosida kamar taqmaslik ruxsat etiladi.

    'Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:19

    Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:13

    Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

    Jharkhand shtatining bir necha hududida odamlarga hujum qilgan yovvoyi fil hali ham qidirilmoqda.

    'Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:00

    Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi

    Poytaxtda mast holatda IIVBga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat qilgan shaxsga 1,2 million so‘mdan ortiq jarima tayinlandi.