AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Oilaviy kodeksga tegishli o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

'Oʻzbekistonda bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda bolaning familiyasi sifatida otasining ismini qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Loyihaga ko‘ra, Oila kodeksining 69-moddasiga qo‘shimcha kiritilib, bolaning familiyasi ota-onasining familiyasiga ko‘ra yoki ota yoxud ona tomonidan bobosining ismi bilan bir qatorda, otasining ismi asosida ham belgilanishi mumkin bo‘ladi.

Adliya vaziri o‘rinbosari No‘mon Muhammadievning ta’kidlashicha, amaldagi tartibdagi cheklovlar qonun normalarining turli talqin qilinishiga va fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lmogda. Yangi qonun loyihasi esa milliy an’analarni inobatga olgan holda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:42

    O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida milliy armiyani zamonaviy tahdidlarga tayyorlash, uni yuqori texnologiyali va tezkor kuchga aylantirish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

    'Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди

    Таиланднинг Пхукет оролида ичида 3 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳам бўлган картер ҳалокатга учради.

    'Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

    Ҳодиса ҳайдовчининг йўл ҳаракати қоидаларини бузиши оқибатида содир бўлган.

    'Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:16

    Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin

    Dmitriy Medvedev AQSh Prezidenti Donald Trumpni Grenlandiya masalasida shoshilishga chaqirdi va orol aholisi Rossiyaga qoʻshilishi mumkinligini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    'Samarqand tumani tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:07

    Samarqand tumani tugatiladi

    Samarqand shahri "millionli shahar"ga aylantirilishi doirasida Samarqand tumani alohida ma'muriy-hududiy birlik sifatida tugatilishi rejalashtirilmoqda.