Germaniya kansleri Fridrix Mers 12 yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod shahrida o‘tkazilgan Xalqaro varrak festivalida qatnashdi. Uni tadbir maydonida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi rasman kutib oldi, deya xabar bermoqda Times of India.
Ma’lum qilinishicha, festivalning ochilish marosimi yetakchilarning Mahatma Gandi bilan bog‘liq muhim maskanlaridan biri — Sabarmati Ashramiga tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Tadbir davomida Modi va Mers ochiq transport vositasiida sayr qilib, varrak uchirdi hamda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, festival hududida Ahmadobodning UNESCO jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Walled City qismidagi an’anaviy “pol” mahallalarining hayotiy nusxasi namoyish etildi. Narendra Modi kanslerga varrak yasash jarayonini ko‘rsatib, Hindistonda varrak uchirish tarixini tanishtirdi.






