AsosiyJamiyat

Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди

Bekobodda "Farhod" chegara bojxona postida qiyati 1 mlrd so‘mdan oshiq dori vositalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.

'Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди'ning rasmi

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga chiqib ketayotgan, 1999 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lochin” rusumli mototransport vositasi belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida mototransport vositasi tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qo‘yilgan, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlandi. Ularning taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln so‘mni tashkil etadi.

Mazkur dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Hozirda ular bo‘yicha ekspertiza tayinlanib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar