Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘uruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdi. Holat yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Tafsilotlarga ko‘ra, tibbiyot muassasasi shifokorlarining bildirishicha, hodisa 27 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Tibbiyot birlashmasiga qaynonasi bilan kelgan ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortib, qabziyatdan shikoyat qilgan va klizma so‘rab murojaat qilgan. Shifokor tomonidan tekshiruv o‘tkazish hamda UTT qilish taklif etilgan, biroq bemor bunga rozi bo‘lmagan. Ayol 4 oylik kelin bo‘lgan.
Shundan so‘ng ayol muolaja xonasiga yo‘naltirilgan. Muolaja jarayonida u hamshiradan uni yolg‘iz qoldirishni so‘ragan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, xonani tekshirgan tibbiyot xodimlari chelak ichida chaqaloq qoldirib ketilganini anilaglagan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol muolajaxonada tuqqan va shundan so‘ng tibbiyot muassasasini tark etgan. Holat anilangach, shifoxona ma’muriyati kuzatuv kameralari orqali ayol shaxsini anilaglagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, chelak ichida topilgan chaqaloq to‘qqiz oylik, o‘g‘il jinsli bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda Payariq tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmogda.






