“Kommersant” nashriyotining xabar berishicha, Daniil Kasatkin 2025 yil iyun oyidan beri Fransiyada hibsda saqlab kelinmoqda. U 2025 yil 21 iyunda Sharl de Goll aeroportida AQSh rasmiylarining so‘rovi asosida vaqtincha qo‘lga olingan va keyinchalik ekstraditsiya masalasi ko‘rib chiqilgan. AQSh tomoni Kasatkinni kiberfiribgarlik ishlariga aloqadorlikda gumon qilgan. Ayblovlarga ko‘ra, u tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralarda xakerlarga yordam bergan. Biroq sportchi ushbu ayblovlarni qat’iyan rad etgan. Rossiya esa uning evaziga 2024 yilda hibsga olingan Fransiya fuqarosi, Shveytsariya gumanitar muloqot markazi xodimi Loran Vinatyeni ozod qilgan. U Rossiyada chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda ayblanib, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Vinatye mamlakattagi harbiy faoliyat va safarbarlikka oid ma’lumotlar to‘plagan, sudda esa o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasida asirlar va halok bo‘lgan harbiylar jasadlarini almashtirish bo‘yicha kelishuvlar 2025 yil iyun oyida Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya–Ukraina muzokaralari davomida ham muhokama qilingan edi.






