AsosiyDunyo

Россия Украинага "Орешник" ракетаси билан зарба берди

Rossiya avvalroq ham Dnepr shahriga zarba berishda "Oreshnik" raketasidan foydalangan edi.

'Россия Украинага "Орешник" ракетаси билан зарба берди'ning rasmi

9 yanvar kuni Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Lvov shahriga "Oreshnik" raketasi yordamida zarba bergan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur hujum 2025 yil 29 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Novgorod viloyatidagi qarorgohiga uyushtirilgan hujumga javob sifatida amalga oshirilgan.

Lvov shahar meri Andrey Sadoviy bu shaharga birinchi bor shunday turdagi raketa bilan zarba berilganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, raketa soatiga taxminan 13 ming kilometr tezlikda ballistik traektoriya bo'ylab harakatlangan.

Shuningdek, Ukraina Harbiy-havo kuchlari 8 yanvar kuni kechqurun butun mamlakat bo'ylab raketa xavfi e'lon qilinganini bildirgan. Bu Moskva vaqti bilan 9 yanvar soat 00:30 da Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar poligonidan ballistik raketa qo'llanilishi ehtimoli bilan bog'liq bo'lgan.

Lvov viloyati harbiy ma'muriyati rahbari Maksim Kozitskiyning ma'lum qilishicha, zarba muhim infratuzilma ob'ektlariga qaratilgan bo'lishi mumkin. Xususan, "Striy" gaz koni va gaz ombori nishonga olingani taxmin qilinmoqda.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga esa BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig'ilishini chaqirish, shuningdek, Ukraina–NATO Kengashi va Evropa tashkilotlari doirasida qo'shma choralar ko'rishga chaqirgan.

Eslatib o'tamiz, Rossiya avvalroq ham — 2024 yil 20 noyabrdan 21 noyabrgacha o'tar kechasi Dnepr shahriga zarba berishda "Oreshnik" raketasidan foydalangan edi. O'shanda Vladimir Putin uni yadroviy bo'lmagan gipertovushli ballistik raketa deb ta'riflagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:36

    Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

    Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

    '“Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:26

    “Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi

    Bloger Viktoriya Bonya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ijtimoiy muammolar yuzasidan ochiq videomurojaat yo‘lladi.

    'Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 08:12

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in benzin ta’minoti bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi.

    'Samarqandda sirli o'lim: bloggerning otasi ruhiy shifoxonadan qaytgach vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 06:32

    'Turkiyada maktabda otishma: 9 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 03:40

    Turkiyada maktabda otishma: 9 kishi halok bo‘ldi

    Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi.