AsosiyDunyo

Venesuelada AQSh hujumi oqibatida 100 kishi halok boʻldi

Каракасда уюштирилган ҳужум чоғида асосан ёшлар қурбон бўлгани айтилмоқда. Расмий Каракас буни ҳарбий тажовуз деб атади.

'Venesuelada AQSh hujumi oqibatida 100 kishi halok boʻldi'ning rasmi

Venesuelada AQSh tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Diosdado Kabello bayonotiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati yoshlar bo‘lgan. U hujumni "xiyonatkorona" deb baholab, halok bo‘lganlar mazkur voqeaga aloqasi bo‘lmagan tinch aholi vakillari ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, Kabello prezident Nikolas Maduro qo‘lga olinishi vaqtida oyog‘idan, birinchi xonim Siliya Flores esa boshidan jarohat olganini ma’lum qilgan. CNN ham sud majlisi chog‘ida Floresning boshi bog‘langan, Maduroning esa harakatlanishda qiynalayotgani kuzatilganini xabar qilgan.

AQSh rasmiylari esa Karakasdagi amaliyot davomida taxminan 75 kishi halok bo‘lganini bildirgan. Ular orasida tinch aholi, Venesuela va Kuba xavfsizlik kuchlari vakillari bo‘lgani qayd etilgan. Shuningdek, bir necha nafar amerikalik harbiy jarohat olgan.

Venesuela rasmiylari AQShning "Mutlaq qat’iyat" nomli operatsiyasini harbiy tajovuz deb baholagan. Avvalroq mamlakatda usbu voqealar oqibatida halok bo‘lgan harbiylar xotirasi uchun bir haftalik motam e’lon qilingandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Venesuela qamoqdagi muxolifat vakillarini ozod qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:27

    Venesuela qamoqdagi muxolifat vakillarini ozod qildi

    Ozod qilinganlar orasida besh nafar Ispaniya fuqarosi borligini tasdiqlagan.

    'Украинадаги жанжал июнь охиригача тугайдими?'ning rasmi

    Dunyo 08.01.2026 11:39

    Украинадаги жанжал июнь охиригача тугайдими?

    Ukraina prezidenti muzokaralar yangi bosqichga chiqqani va urush yaqin oylar ichida yakunlanishi ehtimoli borligini bildirdi.

    'Trump Kolumbiya prezidentini Oq uyga taklif qildi.'ning rasmi

    Dunyo 08.01.2026 09:44

    Trump Kolumbiya prezidentini Oq uyga taklif qildi.

    Harbiy tahdidlardan so‘ng Donald Trump va Gustavo Petro ilk bor telefon orqali muloqot qildi.

    'Eronda namoyishlar zurovonlikka aylandi'ning rasmi

    Dunyo 08.01.2026 08:26

    Eronda namoyishlar zurovonlikka aylandi

    Chahormahal va Baxtiyoriy viloyatidagi Lordegon shahrida politsiya va namoyishchilar o'rtasida to'qnashuvlar yuz berdi.

    'AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda'ning rasmi

    Dunyo 08.01.2026 04:14

    AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda

    Donald Trump AQShning o‘nlab xalqaro tuzilmalardagi a’zoligini to‘xtatish haqida memorandum imzoladi.

    'Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi'ning rasmi

    Dunyo 07.01.2026 16:58

    Suriya armiyasi va kurd kuchlari Halabda yana to‘qnashdi

    Halab shahrida hukumat qo‘shinlari va Suriya Demokratik kuchlari o‘rtasida janglar qayta avj oldi.