Venesuela atrofidagi keskinlik kuchaygan bir paytda uning asosiy ittifoqchilari bo‘lib kelgan Rossiya va Xitoyning pozitsiyasi tobora ehtiyotkor tus olayapti. Yillar davomida Karakasni siyosiy, moliyaviy va qisman harbiy jihatdan qo‘llab kelgan ikki davlat hozircha qat’iy amaliy yordam ko‘rsatishdan tiylmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu holat AQShning Karib dengizi mintaqasida harbiy faollikni keskin oshirgani bilan bog‘liq. Moskva Ukraina urushi sharoitida yangi front ochishni istamayapti, Pekin esa AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirishmasdan, o‘z iqtisodiy manfaatlarini saqlab qolishga urinmoqda.
Shu tariqa, Venesuelaga nisbatan qo‘llab-quvvatlash bayonotlar darajasida saqlanib qolmoqda, amalda esa Moskva va Pekin ehtiyotkorlik bilan vaziyatni kuzatishni afzal ko‘rayapti.





