2025 yilning 31 dekabr kuni Toshkent shahrida 34 yoshli piyoda Lacetti urib yuborishi oqibatida vafot etdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, soat 21:00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko'chasida 2005 yilda tug'ilgan J.R. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo'lning belgilanmagan joyidan kesib o'tayotgan piyoda 1991 yilda tug'ilgan Y.N.ni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIBB YXHB xabarida.






