AsosiyJamiyat

Toshkentda yurist o‘tish joyidan telefon olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Poytaxtning Shimoliy vokzali hududida yarosti o‘tish joyida qizning telefonini zo‘rlik bilan tortib olgan shaxs tezkor tadbirlar natijasida ushlandi.

'Toshkentda yurist o‘tish joyidan telefon olib qochgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrida dekabr oyi oxirida sodir etilgan bosqinchilik holati yuzasidan gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Shahar IIBB ma’lum qilishicha, hodisa 21 dekabr kuni soat 21:00 atrofida Shimoliy vokzal yaqinidagi yerosti piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli qizga noma’lum shaxs hujum qilib, qiyatmi taxminan 500 AQSH dollariga teng smartfonini tortib olib qochib ketgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlandi, u ilgari sudlangan 26 yoshli Otabek Madumarov ekani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan, tergov harakatlari davom etmoqda. Jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar