Aytilishicha, 31 dekabr kuni tonggi soat 06:30 larda Sirdaryo viloyatining Guliston shahri "Yangibozor" mahallasi hududida YPX xodimi boshqaruvidagi avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 1987 yilda tug‘ilgan ayolni yuqori tezlikda urib yuborgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi soat 06:55 da klinik o‘lim holatida shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rilgan choragarga qaramay, soat 07:50 da biologik o‘lim qayd etilgan. Unga ochiq bosh miya jarohati, miyaga qon quyilishi gumoni, suyaklar sinishi, ichki qon ketishi va hayot bilan nomutanosib shikastlar tashxisi qo‘yilgani aytilmogda.
Aytilishicha, marhumaning 3 nafar farzandi bor. Hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv olib borilmogda.






