Tabrikda ta'kidlanishicha, o‘tgan yil davomida ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlandi. Prezident Mirziyoyev bu natijalar umumiy intilishlar va qo‘shma sa'y-harakatlar samarasi ekanini qayd etgan.
Davlat rahbari, shuningdek, yuqori darajadagi uchrashuv va muzokaralarni faollashtirish, erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2026 yilda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga albatta erishishini ta'kidladi.
Tabrik so‘ngida Shavkat Mirziyoyev Sadi Japarovga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.






